29 мар 2019

Dilbar ohunova

Ashiq Garib
3:06
3 КОММЕНТАРИЯ
Ashiq Garib
Ashiq Garib
O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin, Kuyib o‘tgan umrim sharhini aytsin. Bardoshim haqida ash’or to‘qisin, Mendan norozilar fikridan qaytsin. O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin, Aytolmay qolganim desin Ollohga, Salovatlar aytsin to‘plab bor kuchin, Bilmagan bilganim desin Ollohga. O‘lsam, olov tanim muz bilan yuving, Toki, kafanlarim ketmasin kuyib, Yuvgach, yuragimga parcha muz qo‘ying, Boray huzuriga ozgina sovib. O‘lsam, kafanimni bulutdan qiling, Yomg‘irga aylansin, yonsam qabrda. Qabrimni qazsangiz sal kengroq oling, Gunohkor bandaga tor go‘r jabrda… O‘lsam, chinor eking qabrim boshiga, Toki, soyasida tilovat o‘qing. Cho‘milib yashadim ko‘zim yoshiga, Yig‘lamang, siz faqat salovat o‘qing. Kichkina yasating qabrtoshimni, Qur’on oyatlarin yozdiring o‘yib, Yozmang qabrtoshga umrim, yoshimni, Men safarga ketdim chorig‘im kiyib. O‘lsam, oyoq tomon, o‘ng tomonimga, To‘rt kishi sig‘arlik kursi yasating, Sog‘inib kelsangiz ixlosla o‘qing, Qabrimni gul emas, Qur’on bezasin. O‘ng tarafdan keling, oyoq tarafdan, Toki, ko‘rsin sizni ochiq ko‘zlarim, O‘lim haq ekanin olasizda tan, Quvonay, keldi, deb o‘g‘il-qizlarim. O‘lsam yo‘qlab turing. Biling, kutaman, Chunki, siz deb o‘tdim o‘zimdan kechib, Yo‘qlamay qo‘ysangiz, zardob yutaman, Yotaman go‘rda ham ko‘z yoshim ichib, O‘lsam, umrim sharhin nabiralarga, Erinmay, o‘chirmay borini so‘zlang. Intiq kutganimni ularni hamda, Yonib o‘tgan ko‘nglim zorini so‘zlang. O‘lsam, she’rlarimni avaylab asrang, Imkonin topib topshiring elga. Bilaman, el o‘qir sog‘inib, sevib, O‘tar yozganlarim qo‘llardan qo‘lga. O‘lsam, faxr bo‘ling, mexribon bo‘ling, Imkonin topsangiz to‘lang qarzimni, Duosini oling men sevgan elni, Meros qoldiraman sizga sabrimni. O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin… Dilbar Ohunova
Ashiq Garib
Ashiq Garib
Jovdiragan ko'zlar qarshilar bunda Mehirga zordek yuzlar qarshilar bunda Hamma yog'i to'kis, taqdiri kamdek Onam degan so'zlar qarshilar bunda Siz onam emasmi..? Ko'zlarda savol Siz onam emasmi..? So'zlarda savol Onang bo'lgim kelar shu dam onajon Darding olgim kelar shu dam bolajon Onang qaylardadir be vijdon kezar Onang qaylardadir sargordon kezar Niyati otangdan o'ch olmoq bolam Otang omonat baxt, ishrat, tiz uzar Otang borligingni unutgan butkul Bir sayo go'zalning og'ushida qul Tilga olging kelmas nomini xatto Sen uning xatosi, tuzalmas xato Onang yengil hayot ko'chasida xor Kunlari be mazmun, tunlari be or Sen uni kutishdan tolmaysan bolam Zor bo'ldi bir kun izlaringa zor Kechir, yangiladim yarangni qo'zim Kechir, boshqa kutma onangni qo'zim Onang bo'lgim keladi, yeg'lama go'dak Darding olgim kelar yeg'lama go'dak Sen Vatanga suyan, tashlamas Vatan Boshing silar, ko'zing yoshlamas Vatan! Tolaing oq bo'lsin Vataning omon Suyan Vatan bo'lgay dardinga darmon Bir kun ulg'ayasan niholday o'sib Mehir tilar onang yo'lingni to'sib Sen o'ch ololmaysan kechirasan jim Sen o'ch ololmaysan tilayman to'zim Tug'ilganing tuproq qo'llasin Atrofingda do'st-u, o'rtoq qo'llasin Omon bo'lsin issiq bag'ri Vatanning Shu Vatanga mehring ko'proq qo'llasin Yozsam she'r dostonim kamdur bolajon Bersam aziz jonim kamdur bolajon Siz onam emasmi..? Ko'zlarda savol Siz onam emasmi..? So'zlarda savol 1
я хулиган зато мусульман
я хулиган зато мусульман
класс

Раскадровка

Dilbar ohunova
Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova Видео: Dilbar ohunova